Xavf to‘g‘risida Ogohlantirish

Umumiy
Boshlang‘ich kapital
Mijoz oʻzi amalga oshirayotgan barcha depozitlarning maqsadini diqqat bilan koʻrib chiqishi va aniqlashtirib olishi, shuningdek, toʻliq yoʻqotilganda, Mijozning byudjetiga yoki moliyaviy barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan summani hech qachon qoʻymasligi kerak. Valyuta bozoridagi va CFDlar bilan savdolar nazorat qilinmaydigan yoʻqotishlarning davom etish ehtimoli tufayli yuqori xavfga ega.
Kredit yelkasi
CFD orderini berish uchun har bir mijozdan marjani taʼminlash talab etiladi. Margin odatda jami shartnoma qiymatining nisbatan kichik qismiga teng boʻladi. Bu Mijoz “kredit yelkasi” yoki “koʻpaytiruvchi” (“multiplikator xususiyati”) yordamida savdo qilishini anglatadi. Natijada, bozorning nisbatan kichik harakati Mijoz pozitsiyasi qiymatining ancha katta harakatiga olib kelishi mumkin. Bunday harakat mijoz foydasiga yoki unga qarshi ishlashi mumkin.
Mijoz savdo paytida har doim minimal marja talablarini bajarishi shart. Shu sababli, Mijozlar yetarli miqdordagi kapitalga ega boʻlishi hamda barcha joriy foyda va yoʻqotishlarni kuzatib borishi lozim. Agar bozor Mijoz pozitsiyasiga qarshi harakat qilsa va/yoki Marja talablari oshirilsa, bu Kompaniyaning Mijoz nomidan uning pozitsiya(lar)ini yopishiga olib kelishi mumkin. Agar ushbu yopilish zarar yoki kamomadga olib kelsa, Mijozning bunday yoʻqotishlar uchun javobgarligi saqlanib qoladi.
Mijoz oʻz pozitsiyasini (pozitsiyalarini) diqqat bilan kuzatib borishi muhim, chunki kredit yelkasi va koʻpaytiruvchining (“multiplikator xususiyati”) mijozning savdolariga taʼsiri foyda va/yoki zarar tezligini keskin oshiradi. Mijoz oʻzining barcha savdolarini nazorat qilib borishga masʼuldir. Mijoz ochiq savdo pozitsiyalariga ega boʻlganda buni amalga oshirishga qodir ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Texnik xavflar
Kompaniyaning qoʻpol ehtiyotsizligi yoki qasddan majburiyatlarini bajarmasligining bevosita natijasi boʻlmagan bunday nosozlik holatida Kompaniya hech qanday javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi. Kompaniya imkon qadar Mijozlarga xavfsiz va muammolardan holi onlayn tajribani taqdim etishga intiladi. Mijoz uchinchi shaxslar (xakerlar) Kompaniya tizimlariga qarshi muvofiqlashtirilgan hujumni boshlagan taqdirda, Mijozning yoʻqotishlarga uchrashiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan xizmatlarning uzilishi xavfini tan oladi. Kompaniya bunday zararli harakatlar/hujumlarni bartaraf etish uchun barcha oqilona choralarni koʻrgan holda, bunday hujumlar natijasida yuzaga keladigan har qanday javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi.
Yuridik cheklovlar va soliqlar
(Ma’muriy xavflar)
Fors-major holatlari
Kompaniya har qanday fors-major holatlari, ya’ni tabiiy ofatlar, favqulodda ob-havo sharoitlari, urush xavfi, terrorizm harakati, inqilob, uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari, ommaviy tartibsizliklar, gʻalayon, davlat organlarining qarorlari va boshqalar sababli yuzaga kelgan yoʻqotishlar yoki ishlab topilgan mablagʻlarni toʻliq hajmda olmaslik holatlari uchun javobgar boʻlmaydi.
Libertex Groupʼning bir qismi

3M+ dunyo boʻylab
mijozlar

200+
savdo qilinadigan aktivlar

120+
qamrab olingan davlatlar

40+
xalqaro mukofotlar

700+
xodimlar
